Bu yilgi Mustaqillik bayrami «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining amfiteatrida o‘tkazildi. Unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni esga oldi. Qolaversa, oktabrdagi prezident saylovi va Afg‘oniston voqealari haqida ham fikr bildirdi. O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini aks ettirgan Mustaqillik bayrami «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Prezident farmoni bilan 30 dan ziyod hokim, qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari mukofotlandi. Ular orasida Toshkent shahri va poytaxtning bir nechta tumanlari, Jizzax viloyati va Jizzax shahri, Xorazm viloyati va uning tumanlari hokimlari hamda boshqalar bor.
Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.
Poytaxt hokimiyati O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Istiqlol» majmuasi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Ob’ekt Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida (Toshkent markaziy univermagi qarshisida) bunyod etiladi.
Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxtda qurilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting